«pora olish» tegli maqolalar


DXX pora olishda gumonlangan advokat, soliq va MIB xodimlarini ushladi
25 aprel 2024, 11:35

DXX pora olishda gumonlangan advokat, soliq va MIB xodimlarini ushladi

DXX Jizzax shahrida sudlanuvchiga yengil jazo tayinlatib berish uchun 10 ming dollar olishda gumonlangan advokatni ushladi. Uchqo‘rg‘on tumanida kompaniyaga jinoiy ish ochilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan MIB xodimlari qo‘lga olindi.

Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
17 aprel 2024, 03:20

Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi imtiyozli kredit maqsadli yo‘naltirilmagani yuzasidan fuqaroga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 5 ming dollar pora olayotganda ushlandi. Unga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent va Samarqand shaharlarida pora olishda gumonlangan advokatlar ushlandi
7 aprel 2024, 11:26

Toshkent va Samarqand shaharlarida pora olishda gumonlangan advokatlar ushlandi

Toshkent shahrida Bekobod tumanlararo sudining sobiq sudyasi va firma yuristi fuqarodan 75 ming dollar, boshqa holatda yana bir adkovat 17 ming dollar olishda gumonlanib ushlandi. Samarqandda esa shahar advokatlik hay’ati advokati 1,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.

DXX uch nafar mansabdorni pora olishda gumonlab, qo‘lga oldi
4 aprel 2024, 10:39

DXX uch nafar mansabdorni pora olishda gumonlab, qo‘lga oldi

DXX Andijon, Qashqadaryo va Toshkentda katta miqdorda pora olayotgan mansabdor shaxslarni ushladi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochilib, tergov olib borilmoqda.

Toshkentda sudya pora olishda gumonlanib ushlandi
3 aprel 2024, 14:58

Toshkentda sudya pora olishda gumonlanib ushlandi

Sergeli tuman sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanmoqda. Sudyalar oliy kengashi uning vakolatini tugatdi va jinoiy javobgarlikka tortishni tasdiqladi.

Chiroqchi tumani sudyasi pora bilan qo‘lga olindi
29 mart 2024, 00:18

Chiroqchi tumani sudyasi pora bilan qo‘lga olindi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanib ushlandi. Bosh prokuror Sudyalar oliy kengashiga uni javobgarlikka tortishga oid taqdimnoma kiritdi. Sudyaning vakolati to‘xtatildi.

Jizzaxda tuman hokimining sobiq o‘rinbosari pora olishda ayblanib, 10 yilga qamaldi
21 fevral 2024, 10:40

Jizzaxda tuman hokimining sobiq o‘rinbosari pora olishda ayblanib, 10 yilga qamaldi

Yangiobod tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U fuqaro bilan kelishib, tadbirkorga shamol elektr stansiyalarini qurish uchun 200 gektar yer olib berishni va’da qilgan va buning uchun 200 ming dollar so‘ragan.

Prezident — 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan Kogon prokurori haqida
16 fevral 2024, 16:15

Prezident — 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan Kogon prokurori haqida

Shavkat Mirziyoyev Buxoroning Kogon tumani prokurori 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgani, vaziyatni o‘zi kuzatib borgani, prokuror jami 200 ming dollar so‘raganini aytdi. Bosh prokurorga esa uni ishdan olish topshirildi. “O‘zi kurashchi bo‘lib, xodimi o‘g‘ri bo‘lsa, dardimizni kimga aytaylik?” — dedi prezident.

DXX pora evaziga hujjatlarni rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan mansabdorlarni ushladi
3 fevral 2024, 11:54

DXX pora evaziga hujjatlarni rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan mansabdorlarni ushladi

Toshkent va Buxoroda hujjatlarni rasmiylashtirib berish uchun pora talab qilgan bosh mutaxassis va arxitektor qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

JIB Mingbuloq tumani sudi raisi 2 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi
31 yanvar 2024, 17:42

JIB Mingbuloq tumani sudi raisi 2 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Mingbuloq tumani sudi raisi 2 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. U o‘zining ish yurituvidagi sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlab berishini aytgan.

Samarqandda pora olishda ayblangan ikki nafar soliqchi 5 yilga qamaldi
10 yanvar 2024, 10:13

Samarqandda pora olishda ayblangan ikki nafar soliqchi 5 yilga qamaldi

Samarqandda pora olganlikda ayblangan ikki nafar soliq inspeksiyasi xodimiga sud hukmi o‘qildi. Ular tadbirkorning soliq va penya qarzdorligini kamaytirib bermoqchi bo‘lgan. Sud hukmiga ko‘ra, soliqchilar 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Buxoroda “O‘zenergoinspeksiya” mansabdori 50 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda
29 dekabr 2023, 11:07

Buxoroda “O‘zenergoinspeksiya” mansabdori 50 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda

“O‘zenergoinspeksiya”ning Buxoro viloyati xodimi 50 ming dollar pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. U bir yonilg‘i quyish shoxobchasini qayta ochishga, boshqasiga esa litsenziya olishga yordam berishga va 2024-yilda tekshiruvlar haqida xabardor qilishga va’da bergan.

Fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sud xodimi qamoqqa olindi
6 dekabr 2023, 11:33

Fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sud xodimi qamoqqa olindi

DXX fuqarodan 10 ming dollar olishda gumonlangan Oliy sudning katta konsultantini qo‘lga oldi. U 2 kishining oqlanishiga yordam berishni va’da qilgan. Shuningdek, mahalliy tadbirkordan 6 ming dollar olishda gumonlangan Surxondaryo viloyat sudi sudyasi katta yordamchisi ham ushlandi.

DXX: Soliq va Davlat mehnat nazorati inspeksiyalari xodimlari pora olayotganda ushlandi
17 oktabr 2023, 10:39

DXX: Soliq va Davlat mehnat nazorati inspeksiyalari xodimlari pora olayotganda ushlandi

Toshkent viloyatida Soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘istonda esa Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimlarini pora olayotganda qo‘lga olingani aytilmoqda.

San’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i $4800 olayotganda ushlandi
1 avgust 2023, 15:57

San’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i $4800 olayotganda ushlandi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5000 dollar talab qilgan oliygoh bo‘lim boshlig‘i aniqlandi. U mablag‘dan 4800 dollarini olayotganda ushlandi.

“Hududgaz Toshkent” filialining 2 muhandisi pora olishda gumonlanib ushlandi
19 may 2023, 15:36

“Hududgaz Toshkent” filialining 2 muhandisi pora olishda gumonlanib ushlandi

“Hududgaz Toshkent” gaz ta’minotining 2 nafar yetakchi muhandisi jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming dollar pora olganlikda gumon qilinib, qamoqqa olindi.

Jizzax viloyatida bo‘lim prokurori $1,3 ming pora olgani aytilmoqda
16 may 2023, 11:28

Jizzax viloyatida bo‘lim prokurori $1,3 ming pora olgani aytilmoqda

Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurori jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etganini iddao qilib, “xizmati” uchun tadbirkordan 1300 dollar so‘raganlikda gumonlanmoqda, u pullarni olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, DXX Andijon viloyatida ham pora olganlikda gumonlanayotgan mansabdorlarni qo‘lga oldi.

Buxoroda maktab direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda
23 aprel 2023, 10:44

Buxoroda maktab direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda

Qorako‘l tumanidagi maktablardan birining direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda. U bu pulni fuqarolarni farrosh va qorovul lavozimiga ishga qabul qilgani evaziga olayotganda qo‘lga tushgan.

Qashqadaryoda fuqaroni ruhiy kasal sifatida qayd etish uchun pora olgan shifokor ushlandi
21 aprel 2023, 10:19

Qashqadaryoda fuqaroni ruhiy kasal sifatida qayd etish uchun pora olgan shifokor ushlandi

Qashqadaryo viloyati 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bosh shifokori vazifasini bajaruvchi shaxs fuqaroning kasallik tarixini to‘ldirib, uni ruhiy kasal sifatida qayd etish uchun 4,3 mln so‘m olayotgan vaqtida gumondor sifatida qo‘lga olindi.

Yashnobod tumani sudi sudyasi $4 ming olganlikda gumonlanmoqda
17 fevral 2023, 15:40

Yashnobod tumani sudi sudyasi $4 ming olganlikda gumonlanmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi sudyasi (erkak) 4000 dollar olganlikda gumonlanmoqda. Sudyalar oliy kengashi bosh prokuror taqdimnomasiga ko‘ra uni javobgarlikka tortishga rozilik berdi va sudyalik vakolatini tugatdi. Oliy sud roziligi bilan sudya qamoqqa olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting